Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Lids” boshladi

O‘zi uchun APL yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan “Lids” katta transfer kompaniyasini amalga oshirish niyatida.
“TodoFichajes"ning ma’lum qilishicha, jamoa nishonida “Manchester Siti” darvozaboni Klaudio Bravo turibdi.
“Lids” allaqachon Bravo bilan aloqaga chiqqan va unga 2 yillik shartnoma taklif etgan.
Eslatib o‘tamiz, Bravo tez orada erkin agentga aylanadi. Shu sababli, u istagan klubiga o‘tishi mumkin.

“Arsenal”ga yulduzcha kerak

Londonning “Arsenal” jamoasi “Sporting” klubi yarim himoyachisi Joyelson Fernandeshning transfer huquqini sotib olmoqchi.
“A bola" nashrining ma’lum qilishicha, “koninirlar” 17 yoshli futbolchi uchun 45 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Sporting” Joyelson bilan shartnomani uzaytirgan holda uning transfer qiymatini yanada oshirishni istamoqda, biroq futbolchining agenti allaqachon “Arsenal” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

“Bayer” pul ishlab olmoqchi

Germaniyaning “Bayer” jamoasi Kay Havertsning transferidan katta pul ishlab olishni niyat qilmoqda.
“The Sun" nashrining ma’lum qilishicha, nemis klubi 63 million funt va turli bonuslar tariqasida yana 27 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” allaqachon Kayning transferi borasida ishga kirishgan.

Alaba qoladi, biroq…

Myunhenning “Bavariya” jamoasi himoyachisi David Alaba mavsum yakunlangach klubini o‘zgartirishi mumkin.
“Sport1"ning ma’lum qilishicha, Alaba jamoa bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, faqat o‘z maoshini yiliga 20 million yevro bo‘lishini talab qilmoqda. Shu yo‘sinda, futbolchi klubda eng ko‘p maosh oluvchi Myuller, Levandovski va Noyerlar bilan tenglashib olmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, agar yangi shartnoma imzolanmasa, Alaba “Manchester Siti” yoki PSJ bilan shartnoma imzolashi mumkin.

“Liverpul” himoyachi izlamoqda

Angliyaning “Liverpul” klubi radariga “Norvich” jamoasi himoyachisi Jamal Lyuis tushib qolgan.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, shimoliy irlandiyalik futbolchi “Liverpul”ni tark etayotgan Deyan Lovrenning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Jamalni transfermarket nashri 11 million yevroga baholamoqda.
480   
Добавить комментарий
Ваше имя: *