Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Oston O‘runovning «Ufa»da qancha maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi

Oston O‘runovning «Ufa»da qancha maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Ufa»dagi o‘yinlari bilan Rossiyaning bir qator grand klublari e’tiboriga tushgan Oston O‘runovning hozirgi maoshi ma’lum bo‘ldi.
«Sport Ekspress» nashrining yutubdagi kanalida xabar qilinishicha, 19 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachi «Ufa» safida oylik 150 ming rubl, taxminan 2120 AQSH dollari miqdorida maosh olmoqda. 
Nashrning qayd etishicha, ufaliklar «Spartak» va «Zenit»ning O‘runovga qiziqishi tufayli uning maoshini ko‘tarmoqchi. 
Oldinroq, Oston O‘runov uchun «Spartak» klubi «Ufa»ga 2 million yevro va u Moskva klubi safida 2 yil to‘p sursa yana 2 million yevro bonusli transfer taklifi tayyorlagani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, «Ufa» klubida ham futbolchilarga oylik maoshlardan tashqari chempionatdagi har bir g‘alaba va durang uchun ham mukofot pullari to‘lab kelinadi.
212   
Добавить комментарий
Ваше имя: *