Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Kovach «Monako»ga ikki sobiq shogirdini taklif etmoqchi

Kovach «Monako»ga ikki sobiq shogirdini taklif etmoqchi

Автор: admin

«Monako»ning yangi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoa tarkibini kuchaytirishni istamoqda, deb yozadi Bild.
Xorvatiyalik murabbiy allaqachon klub sport direktori Pol Mitchell bilan jamoani kuchaytirish rejasini ishlab chiqqan.

48 yoshli mutaxassis monegaskliklar safiga sobiq shogirdlari – «Real» hujumchisi Luka Yovich va «Ayntraxt» forvardi Filip Kostichni taklif etmoqchi. Kovach ular bilan Frankfurt klubida birga ishlagan.
Ma’lumot uchun, Kostichning «Monako» bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. «Real» esa Yovichni qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilgandi.
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *