Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Matich: «Agar «MYU» yana 30 foizga kuchaysa, APL g‘olibligi uchun kurasha oladi»

Matich: «Agar «MYU» yana 30 foizga kuchaysa, APL g‘olibligi uchun kurasha oladi»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Nemanya Matich jamoaning rivojlanishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘ylaymanki, biz kundan kunga, o‘yindan o‘yinga yaxshilanyapmiz. Mavsum boshidagi va hozirgi «Manchester Yunayted» o‘rtasida katta farq bor. Albatta, hammasi yaxshi tomonga o‘zgardi. 
Agar kuchimizga yana 30 foiz qo‘sha olsak, Premer-liga chempionligi uchun kurashishga tayyor bo‘lamiz. Yaqin orada har qanday jamoa bilan raqobatlasha olamiz, deb o‘ylayman», – deb Matichning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
«Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 36ta turdan so‘ng 62 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda.
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *