Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Tottenhem” 52 yildan keyin ilk bor ketma-ket 4-mavsumda “Arsenal”dan yuqori o‘rinni egallaydi

“Tottenhem” 52 yildan keyin ilk bor ketma-ket 4-mavsumda “Arsenal”dan yuqori o‘rinni egallaydi

Автор: admin

Londonning “Arsenal” klubi Premyer Liganing 2019/20-yilgi mavsumida musobaqa jadvalida 8-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.
Shu tariqa “to‘pchilar”ning Shimoliy London derbisidagi azaliy raqibi “Tottenhem” ketma-ket to‘rtinchi bor Premyer Liga turnir jadvalida egallagan o‘rni bo‘yicha “Arsenal”dan ustun kelmoqda.
Qayd etish joiz, ushbu o‘ziga xos seriya APL joriy etilganidan (1992-yil) beri ilk bor sodir bo‘ldi. So‘nggi 28 yil ichida “Tottenhem” turnir jadvalida bor-yo‘g‘i olti marta “Arsenal”dan yuqori pog‘onani egallagan.
“Tottenhem” 1959/60-yilgi mavsumdan 1967/68-yilgi mavsumga qadar ketma-ket 9 marotaba “Arsenal”dan ustun kelgan.
Angliya chempionati yakuniga yetishiga 1 tur qolganida “Tottenhem” 58 ochko bilan 7-o‘rinni, “Arsenal” esa (53) 10-pog‘onani egallab turibdi.
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *