Goal24.uz » Jahon » Odil Ahmedov Qatar klubiga o‘tishi mumkin

Odil Ahmedov Qatar klubiga o‘tishi mumkin

Автор: admin

O‘zbekiston millliy jamoasi sardori Odil Ahmedov Qatarning «Duhayl» klubi safiga o‘tishi mumkin, deya yozmoqda Alisher Nikimbayev telegramdagi «Futbolium» kanalida.
«Duhayl» klubiga yaqin manbalarning tasdiqlashicha, Qatar chempionatining peshqadami O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolashi mumkin. Shu bilan birga «Shanxay SIPG» klubining Ahmedovni qo‘yib yuborish niyati yo‘qligi haqida ham ma’lumot bor. Qatarda transfer oynasi 2 avgust kuni ochiladi, ammo yangi futbolchilar 29 avgust kunigacha davom etadigan chempionatning yakuniy qismida maydonga tusha olishmaydi», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, hozirda Qatar chempionatining «Qatar SK» klubida O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyat olib bormoqda.
215   
Добавить комментарий
Ваше имя: *