Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Beyl «Real»da qolib, 60 mln yevro ishlab olmoqchi

Beyl «Real»da qolib, 60 mln yevro ishlab olmoqchi

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl boshqa klubga ketmoqchi emas.
AS xabariga ko‘ra, 31 yoshli uelslik shartnomasi muddati tugagunga qadar Madridda qolmoqchi. U mehnat bitimida ko‘rsatilgan maoshining hammasini olishni maqsad qilgan.
Agar Beyl maqsadiga yetsa, 2 mavsum uchun soliqlarsiz 60 million yevro ishlab oladi.
Beyl vakillari unga yangi klub izlayotgani yo‘q. Bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa uning xizmatiga muhtoj emasligini namoyish qilmoqda: futbolchi La Liganing so‘nggi 7ta o‘yinida zaxirada qoldirildi.
Avvalroq «Real» Beylning 2 yillik maoshini to‘lab, undan qutulmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bu mavsumda futbolchi La Liga doirasida 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
184   
Добавить комментарий
Ваше имя: *