Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda eng ko‘p maosh olayotgan zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar ma’lum qilindi

APLda eng ko‘p maosh olayotgan zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar ma’lum qilindi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida zaxirada qolayotganiga qaramay, katta maosh olayotgan futbolchilar nomi ma’lum qilindi.
Goal’ning yozishicha, joriy mavsumning asosiy qismini «Manchester Yunayted» zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan Xuan Mata bir yil davomida 5,3 million funt sterling maosh olgan. 
Undan keyingi pog‘onadan «Manchester Siti» zaxira o‘rindig‘ida savlat to‘kib turgan Joau Kanselu joy olgan. Portugaliyalik himoyachi shartnomasiga ko‘ra yillik 4,3 million funt sterling maosh olgan.
Bu boradagi ro‘yxatning beshligidan Adam Lalana, Bernard va Mesut O‘zil ham joy olgan.
Zaxirada qolayotgan APL millioner-futbolchilari top-5ligi:
1. Xuan Mata (Manchester Yunayted) – 5,3 million funt
2. Joau Kanselu (Manchester Siti) – 4,3 mln funt
3. Adam Lalana (Liverpul) – 3,4 mln funt
4. Bernard (Everton) – 3,2 mln funt
5. Mesut O‘zil (Arsenal) – 3,1 mln funt.
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *