Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. Turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha joriy mavsumdagi yetakchilar

Superliga. Turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha joriy mavsumdagi yetakchilar

Автор: admin

Superliganing joriy mavsumida ortda qolgan 9 tur davomida «Paxtakor» futbolchilarning turli jihatlar borasida ko‘rsatkichlari bilan tanishib oling.

Futbolchilarning statistikasiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, Superligada harakatlarning foydali chiqishi bo‘yicha eng ko‘p baho olgan 5 o‘yinchining barchasi "Paxtakor" a’zosidir. Masharipov 303, Cheran 278, Anzur Ismoilov 259, Hamdamov 254 va Hamrobekov 252 ball bilan yetakchilar qatorida turibdi.

Eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchi Masharipov jami 19 marta shunday holatni sodir etgan. Cheran hisobida esa 17ta vaziyat mavjud. "So‘g‘diyona"dan Jasur Hasanov 15, «Paxtakor»dan Farruh Sayfiyev 10ta va "Nasaf"dan Marko Stanoyevich 9ta vaziyat yuzaga keltirgan.

Darvozaga aniq zarba berishda eng yaxshi 5 ko‘rsatkich shunday ko‘rinish olgan:
Cheran (Paxtakor) - 18
Stanoyevich (Nasaf) - 14
Sergeev (Paxtakor) - 11
Hamdamov (Paxtakor) - 11
Ubaydullayev (Metallurg) - 10

To‘pni sheriklariga aniq oshirishda Hamrobekov Superligada yaqqol yetakchilik qilmoqda. U jami 880 bor (o‘rtacha 98) uzatma bergan va aniqlik ko‘rsatkichi 92 foizga teng. Sayfiyev 656ta (91%), Masharipov 655ta (78%), Anzur Ismoilov 570ta (94%) va "Bunyodkor" futbolchisi Lutfulla To‘rayev 558ta (85%) uzatma ko‘rsatkichiga ega.

Keskin vaziyat yaratishda hal qiluvchi uzatmani berishda Masharipov jami 34 pas bilan peshqadam. Cheran, "Lokomotiv"dan Kaxi Maxaradze va "So‘g‘diyona"dan Jasur Hasanov hisobida 14tadan uzatma mavjud.

Qanotdan to‘p oshirish aniqligi bo‘yicha "Paxtakor"ning ikki qanot himoyachisi Sayfiyev va Alijonov yetakchilik qilmoqda. Farruhda 19, Hojiakbarda 16ta aniq uzatma bor. Masharipovda 14, "Nasaf"dan Sherzod Nasrullayev hisobida 13ta aniq harakat mavjud. To‘p uchun kurashlarda umumiy ustun kelish bo‘yicha Masharipov 100ta foydali harakat bilan peshqadam. "So‘g‘diyona"dan Iskandar Shoyqulov 90ta, "Qo‘qon-1912"dan Oybek Rustamov 86ta holatda ustun kelish bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Raqibni aldab o‘tish borasida Masharipov 62 bor bu ishni uddalab, peshqadam bo‘lib turibdi. "Nasaf"dan Oybek Bozorov 37 marta, "So‘g‘diyona"dan Jasur Hasanov 34 bor, "Buxoro"dan Aziz Amanov 25 va "Qo‘qon-1912"dan Quvondiq Ro‘ziyev 24 holatda shunday ishni uddalagan.

Darvozabonlar orasida Eldor Suyunov 4 marta "quruq" o‘yin o‘tkazib, bu boradagi eng yaxshi ikki ko‘rsatkichdan biri sohibi bo‘lib turibdi. Suyunov oyoqda sheriklariga to‘pni aniq yetkazishda kuchli uchlikdan o‘rin egallagan. U 73 holatda jamoadoshlariga aniq uzatma bergan. "Lokomotiv"dan Ignatiy Nesterov 91 bor va "Metallurg"dan Aleksandr Lobanov 89 vaziyatda bu ishni aniq ijro etishgan.
Manba: pakhtakor.uz
162   
Добавить комментарий
Ваше имя: *