Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Rostov» 3 daqiqada ikkita gol o‘tkazib, «Zenit»ga yutqazdi. Shomurodov va jamoasi Yevropa Ligasida o‘ynaydi

RPL. «Rostov» 3 daqiqada ikkita gol o‘tkazib, «Zenit»ga yutqazdi. Shomurodov va jamoasi Yevropa Ligasida o‘ynaydi

Автор: admin

Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Chempionatning oxigi 30-turida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov o‘ynaydigan «Rostov» jamoasi chempion «Zenit»ni qabul qildi.
18-daqiqada qozog‘istonlik Baxtiyor Zayniddinovning jarimadan urgan goli rostovliklarni oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi bo‘limning 72 va 75-daqiqasida esa «Zenit» ikkita gol urib g‘alabani ilib ketdi. Mag‘lubiyatga qaramay, «Rostov» 45 ochko bilan RPLda 5-o‘rinni egalladi va keyingi mavsumda Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun saralashda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.
RPL. 30-tur
Rostov – Zenit 1:2

Gollar: Zayniddinov (18) – Rigoni (72), Azmun (75).
Rostov: Pesyakov, Kozlov, Xadjikadunich, Chernov (Vedernikov, 87), Logashov (Proshlyakov, 87), Normann, Zaynutdinov (Yeremenko, 64), Glebov, Bayramyan (Dolgov, 61), Saplinov, Shomurodov.
Zenit: Vasyutin, Proxin, Mammana (Osorio, 46), Smolnikov (Kuzyayev, 68), Sutormin (Dzyuba, 46), Yeroxin, Shatov, Rigoni, Musayev, Shamkin (Azmun, 46), Driussi (Karavayev, 89).
Ogohlantirishlar: Normann (42), Xadjikadunich (66), Shatov (82), Saplinov (90).
207   
Добавить комментарий
Ваше имя: *