Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «MYU» «Vest Hem» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, 3-o‘ringa chiqdi

APL. «MYU» «Vest Hem» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, 3-o‘ringa chiqdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 37-turi doirasida «MYU» «Old Trafford»da Devid Moyes qo‘l ostidagi «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushib, ochko yo‘qotdi.
Birinchi bo‘limdagi ustunlikka qaramay, taym yakunida mehmonlar penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochishdi.
Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirgan mezbonlar 51-daqiqada Grinvudning goli evaziga muvozanatni tiklashdi – 1:1. 
Bahs yakuniga qadar ikki tomon ham g‘alabani ilib ketish uchun intilgan bo‘lsa-da, o‘yinda murosa ko‘chasi tanlandi.
Ushbu durang evaziga «Manchester Yunayted» 63 ochko bilan hozircha 3-o‘ringa chiqib oldi. «Vest Hem» esa 38 ochko bilan 15-o‘rindan joy olib, ligada qolish vazifasini bajardi. 
APL. 37-tur
Manchester Yunayted – Vest Hem 1:1
Gollar: 0:1 – 45, penalti Antonio, 1:1 – 51 Grinvud.
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Lindelef, Uilyams, Fosu-Mensa (Uan-Bissaka, 46), Matich, Pogba, Brunu Fernandesh, Marsyal, Reshford (Igalo, 85), Grinvud.
Vest Hem – Fabianski, Ogbonna, Diop, Kressuell (Masuaku, 75), Djonson, Fornals, Rays, Antonio (Aller, 78), Souchek, Bouen, Nobl.
225   
Добавить комментарий
Ваше имя: *