Goal24.uz » Jahon » David Vilya jinsiy tegajog‘likda ayblandi

David Vilya jinsiy tegajog‘likda ayblandi

Автор: admin

Ispaniya terma jamoasi safida Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan David Vilya jinsiy tegajog‘likda ayblandi.
Skyler B nomi ostidagi Twitter foydalanuvchisi “Nyu-York Siti” futbolchisi David Vilya tomonidan jinsiy tegajog‘liklarga uchragani haqida yozgan.
“Men “Nyu-York Siti”da duch kelgan xiraliklar shu qadar dahshatli ediki, hozirda professional sport haqidagi o‘ylar ham meni qo‘rquvga soladi. O‘sha jirkanch vaziyatlar sabab faoliyat yo‘nalishimni almashtirishga majbur bo‘ldi. Bu orzularimni poymol qildi.
U yerga ishga kirganimda hayotimdagi ulkan imkoniyatga ega bo‘ldim deb o‘ylagandim.
Undan nima oldim? Bu David Vilya edi. U menga har kuni tegajog‘lik qilar, klub rahbarlari esa buni kulgi bilan qarshi olardi. Boshidan o‘tkazgan voqealarni aytib berishga qodir ayollar — mening qahramonlarim.
Meni hayron qoldiradigan jihat shundaki, ular meni ishga yomon yondashishda ayblardi. Jin ursin, bunday vaziyatda albatta ishga bo‘lgan munosabatim yomon bo‘ladi-da!”, — deya yozadi qiz.
Hozircha na Vilya, na “Nyu-York Siti” ushbu ayblovlarga munosabat bildarmadi.
Vilya 2015—2018-yillar mobaynida “Nyu-York Siti”da to‘p tepgan. David faoliyatining so‘nggi yilini Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida o‘tkazdi. U 2020-yilning 1-yanvarida futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgandi.
176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *