Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Parma» penaltilarga boy o‘yinda «Napoli»ni mag‘lub etdi

A Seriya. «Parma» penaltilarga boy o‘yinda «Napoli»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Italiya chempionatining 35-turida «Parma» o‘z uyida «Napoli»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Kaprari va Kulusevskining gollariga neapolliklardan Insine javob berdi. E’tiborlisi, bellashuvdagi barcha to‘plar penaltidan kiritildi.
G‘alabadan so‘ng «Parma» ochkolarini 43taga yetkazib, 10-pog‘onaga ko‘tarildi. «Napoli» esa 56 ochko bilan 7-o‘ringa joylashgan. 
A Seriya, 35-tur
Parma – Napoli 2:1
22 iyul, «Ennio Tardini»
Gollar: Kaprari (45+3, penalti), Kulusevski (87, penalti) – Insine (54, penalti).
Parma: Sepe, Dermaku, Petssella, Darmian, Brunu Alvesh, Kaprari (Jervino, 75), Kurtich (Yakoponi, 75), Karamo (Ingleze, 62), Brugman, Siligardi (Kulusevski, 59), Grassi (Barilla, 62). 
Napoli: Meret, Mariu Ruy, Maksimovich, Kulibali, Di Lorenso, Insine, Allan (Elmaz, 65), Losano (Yunus, 85), Demme (Lobotka, 85), Politano (Kalexon, 65), Fabian Ruis (Zelinski, 77).
Ogohlantirishlar: Losano (35), Grassi (52), Brugman (90+2).
245   
Добавить комментарий
Ваше имя: *