Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘ngi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Pellegrini nishonda

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Roma” klubi yarim himoyachisi Lorenso Pellegrini bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“El gol Degital” nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” 24 yoshli futbolchi Ivan Rakitichning o‘rnini egallashini istamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, shuningdek “Yuventus” va “Inter” klublari ham italiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Nikolas tanlaydi

Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko tez orada Yevropaning grand klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchi bilan “Chelsi” va “Atletiko” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, bu klublar allaqachon Nikolas bilan aloqaga chiqqan va o‘z takliflarini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas 3 mavsumdan beri Gollandiya chempionatida to‘p tepmoqda.

Di Mario “Barsa”da?!

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yozda Anhel Di Mariya bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Ok Diario” nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsumda yakunlanadi. Shu sababli, “Barselona” yarim himoyachini arzonroq narxda harid qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” Usman Dembelening o‘rnini aynan Di Maria bilan to‘ldirishni reja qilgann.

“Everton” jiddiy qadam tashlamoqchi

Liverpulning “Everton” klubi “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalot bilan shartnoma imzolashni reja qilgan.
“TodoFijes” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Everton” yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Jibril Sidibening o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli himoyachi APLning 20 ta o‘yinida maydonga tushgan.

Karius Fransiyaga yo‘l oladimi?

“Liverpul” jamoasining daniyalik darvozaboni Lorius Karius “Liga 1”ga yo‘l olish aragasida turibdi.
“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, “Beshiktash” sharafini ijara asosida himoya qilgan darvozabon bilan “Monpilye” jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” o‘z futbolchisini 6 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
446   
Добавить комментарий
Ваше имя: *