Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Shomurodov RPLda samaradorlik bo‘yicha faqat Ozmun va Dzyubadan ortda qoldi

Shomurodov RPLda samaradorlik bo‘yicha faqat Ozmun va Dzyubadan ortda qoldi

Автор: admin

Rossiya chempionatining yakunlangan mavsumida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. «Rostov» hujumchisi mavsum davomida 11ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi. Shomurodov gollarining 10tasini dastlabki 14 o‘yinda kiritdi. Oxirgi 16ta o‘yinda esa u atigi 1ta gol urdi.
Shomurodov oxirgi marta fevralda «Axmat» darvozasiga gol urgandi. Shunday bo‘lsa-da, u gol+pas bo‘yicha RPLda uchinchi bo‘ldi. Bu borada Artyom Dzyuba 30 ochko bilan yaqqol yetakchilik qildi. 24 ochko to‘plagan Sardor Ozmun ikkinchi, 17 ochko bilan Eldor Shomurodov uchinchi bo‘ldi.

Ozmun va Dzyuba bir xil 17tadan gol urishdi, ammo eronlik futbolchi kamroq penaltidan gol urgani uchun eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Dzyuba assistlar borasida yaqqol yetakchilik qildi (13ta assist).
Shomurodov shuningdek, eng ko‘p fol ishlatgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi (50ta), darvoza tomon eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchilar ichida beshinchi bo‘ldi (76ta zarba).
216   
Добавить комментарий
Ваше имя: *