Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Trent Aleksandr-Arnold o‘zi o‘rnatgan APL rekordini yangiladi

Trent Aleksandr-Arnold o‘zi o‘rnatgan APL rekordini yangiladi

Автор: admin

APL 37-turidan o‘rin olgan «Liverpul» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda liverpulliklar himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bitta gol urdi va Roberto Firminoning goliga assistentlik qildi.
Endilikda 22 yoshli Aleksandr-Arnold hisobida joriy mavsumda 13ta golli uzatma bor. Bu esa Angliya chempionatlarining bir mavsumida qaysidir himoyachi tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p golli uzatma hisoblanadi. Himoyachilar uchun assistlar bo‘yicha rekord shundog‘am angliyalik Aleksandr-Arnoldga tegishli edi.
O‘tgan mavsumda Trent jamoadoshi Endryu Robertson bilan APL bahslarida bir xil 12tadan golga assistentlik qilgan va bu borada musobaqa rekordini o‘rnatishgandi. Shu tariqa Aleksandr-Arnold bu borada yaqqol yetakchiga aylandi. U «Nyukasl»ga qarshi 38-tur o‘yinida natijasini yaxshilab olishi mumkin. O‘z navbatida ayni damgacha 11ta golga assistentlik qilgan Endryu Robertson ham rekordni takrorlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, ayni damda assistlar bo‘yicha APLda «Manchester Siti» futbolchisi Kevin De Bryuyne yetakchilik qilmoqda (https://www.premierleague.com/stats/top/players/goal_assist?se=274). Uning hisobida 19ta golli uzatma bor. APLda golli uzatmalar bo‘yicha mutloq rekord esa Teri Anriga tegishli. «Arsenal» afsonasi 2002/03 yilgi mavsumda 20ta golga assistentlik qilgan.
Bu rekordni Angliyada «la’nat tekkan rekord» deb ham atashadi. Chunki unga Eden Azar, Mesut O‘zil, Sesk Fabregas va Keyin De Bryuyne kabi futbolchilar juda yaqin kelib, yangilash tugul hatto takrorlay olmagan.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *