Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: «4ta katta kubokni yutdik, endi suratga tushmasam bo‘lmaydi»

Klopp: «4ta katta kubokni yutdik, endi suratga tushmasam bo‘lmaydi»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 37-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (5:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yindan keyin «Liverpul»ga APL bosh sovrini topshirildi. Mersisaydliklar o‘z tarixlarida 19-bor Angliyada tengsiz klubga aylanishdi.
«Bu ajoyib lahzalardir. Barchasi barqarorlik bilan bog‘liq, bunga erishishimiz kerak edi. G‘alabaga och bo‘lish muhimdir.

O‘yindan oldin jamoaga nima deyishim mumkin edi: «Agar g‘alaba qozonishni istasangiz, ko‘p ishlashingiz kerak. «Chelsi» – juda yaxshi jamoa.
Ha, biz chempionmiz. 4ta kubokni qo‘lga kiritdik (APL, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati). Bundan ortiq faxrlana olmayman.
Odatda menga fotosuratlar kerak emas. Lekin 4ta kubok bilan, albatta, rasmga tushaman. Chunki bu doim ham sodir bo‘lmaydi», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.
153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *