Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Spartak» O‘runov uchun «Ufa»ga 500 ming yevro taklif qilgan

«Spartak» O‘runov uchun «Ufa»ga 500 ming yevro taklif qilgan

Автор: admin

«Spartak» klubi «Ufa» yarimhimoyachisi Oston O‘runov transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda, deya yozadi Metaratings.ru sayti.
Manbaning xabar berishicha, «Spartak» 19 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachi uchun «Ufa»ga 500 ming yevro taklif qilgan. Shuningdek, O‘runov moskvaliklar safida o‘yinlar soni va samarali harakatlar bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishsa, Moskva klubi Ufa jamoasiga bonus tarzida yana 500 ming yevro to‘laydi.
Nashrning keltirishicha, bonusdan tashqari «Spartak» O‘runovni boshqa klubga transfer qilsa, tushgan mablag‘ning 20 foizini «Ufa»ga berishga roziligini ma’lum qilgan. 
Avvalroq, «Sport Ekspress» nashri «Spartak» Oston uchun «Ufa»ga 2 million yevro taklif qilgani haqida yozgandi.
Ma’lumot uchun, O‘runov fevral oyida «Lokomotiv»dan 200 ming yevro evaziga «Ufa» safiga kelib qo‘shilgani va jamoa bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkani xabar qilingandi.
191   
Добавить комментарий
Ваше имя: *