Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» 4 futbolchining transferi uchun 330 mln yevro ajratadi

«Manchester Siti» 4 futbolchining transferi uchun 330 mln yevro ajratadi

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rahbariyatdan yozgi transferlar uchun 330 mln yevro mablag‘ oladi.
AS xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis tarkibni 2 markaziy himoyachi, «Bavariya»ga o‘tib ketgan Leroy Sane uchun o‘rinbosar va 1 hujumchi bilan kuchaytirmoqchi.
«Siti» markaziy himoya nuqtasiga Kalidu Kulibali («Napoli»), Diyego Karlos («Sevilya») va Milan Shkrinyar («Inter») nomzodini o‘rganib chiqmoqda. Bundan tashqari, «Bavariya» himoyachisi David Alaba transferi ham amalga oshishi mumkin. Avstriyalik futbolchining universal ekani, ya’ni qanotda ham, markazda ham to‘p tepishga qodirligi Gvardiolaga juda yoqyapti.
165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *