Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Автор: admin

O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Bu bosqichda Superliganing 14ta va Pro-Liganing saralash bosqichidan o‘tgan 2ta klubi ishtirok etadi. Qur’a natijalari quyidagicha bo‘ldi.
A guruhi
OKMK
«Andijon» 
«Navbahor» 
«Metallurg» 
B guruhi
«Nasaf» 
«Surxon» 
«Qizilqum» 
«Mash’al» 
C guruhi
«Buxoro» 
«Sho‘rtan» 
«Lokomotiv» 
«So‘g‘diyona» 
D guruhi
«Qo‘qon-1912» 
«Paxtakor» 
«Bunyodkor» 
«Oqtepa» 
Guruhda jamoalar jami 3tadan o‘yin o‘tkazishadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, guruhdagi jamoalardan ikkitasi 2 marta mezbonda va 1 marta safarda o‘ynaydi. Qolgan ikkitasi 1 marta mezbonda va 2 marta safarda o‘ynaydi.
Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar 1/4 final bosqichiga yo‘l oladi. Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan klublar 1/4 finalni mezbon sifatida, ya’ni o‘z uyida 2-o‘rinni egallagan jamoalarga qarshi o‘tkazadi.
217   
Добавить комментарий
Ваше имя: *