Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Napoli" ertaga o‘z tarixidagi eng qimmat transferlardan birini e’lon qiladi

"Napoli" ertaga o‘z tarixidagi eng qimmat transferlardan birini e’lon qiladi

Автор: admin

U Gattuzoga kerak.
“Lill” klubi hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini “Napoli”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli nigeriyalik futbolchi ertaga “Napoli” futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi. Ayni damda tomonlar shartnomaning so‘nggi bandlarini muhokama qilishmoqda. Aytish kerakki, A Seriya grandi uning transferi uchun 81 mln evro to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Osimxen joriy mavsum Frantsiya chempionatida 27 ta o‘yinda 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *