Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barsa” katta xaridga tayyorlanmoqda

“Barsa” katta xaridga tayyorlanmoqda

Автор: admin

Katta o‘zgarishlar bo‘ladi
Kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida jamoaga kerak bo‘lgan futbolchilarni belgilab oldi.
Xususan, “Barselona” rahbariyati PSJdan Anxel Di Mariyani olishga harakat qiladi. Bu futbolchining parijliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanishi bois, uning transfer summasi katta bo‘lmaydi. Argentinalik hujumkor futbolchi Usmon Dembelening o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Kataloniyaliklar Ivan Rakitich o‘rnini “Roma” vakili Lorentso Pellegriniga bermoqchi. 24 yoshli italiyalik futbolchi A Seriyada jami 78 ta o‘yinda ettita gol urgan va 18 ta golli pas uzatgan. Pellegriniga Italiyaning grand klublaridan ham takliflar bo‘lmoqda.
La Ligada kuchli o‘yin ko‘rsatayotgan himoyachi Pau Torres ham “Barsa” e’tiboridan chetda qolmadi. “Vilyarreal” bu futbolchisini 50 million evroga berishga tayyor. Pauga Gvardiola ham da’vogarlik qilmoqda.
239   

Комментарии
(1)

  1. Hasan 28 июля 2020 00:56
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Ahmoqlik

    Messi suarez dembeledaqa o'yinchini topolmaydi
    Hozirgillar faqat pul uchun o'ynaydi
Добавить комментарий
Ваше имя: *