Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» Koutino transferi bo‘yicha qiyinchilikka duch keldi

«Arsenal» Koutino transferi bo‘yicha qiyinchilikka duch keldi

Автор: admin

«Arsenal» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, londonliklar 28 yoshli braziliyalikni qo‘lga kiritish uchun urinishmoqda. Uning transferini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan yagona sabab – futbolchining maoshidir.
Koutino haftasiga 220 ming yevro maosh olmoqda. «Arsenal» bunchalik katta xarajatga tayyor emas.
Braziliyalik futbolchi avvalgi mavsumni «Bavariya»da ijarada o‘tkazdi va barcha musobaqalarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.
Koutino «Barselona»ning rejalariga kirmagan. «Bavariya» ham uni to‘liq sotib olishga shoshilmayapti.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *