Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Shousiz shou yo‘q. «MYU»ning so‘nggi o‘yinlardagi yo‘qotishlari haqida

Shousiz shou yo‘q. «MYU»ning so‘nggi o‘yinlardagi yo‘qotishlari haqida

Автор: admin

«Manchester Yunayted» karantindan keyin, dastlabki 6 o‘yinda 5 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. To‘plar nisbati - 17ga 4.
Keyingi 4 o‘yinda esa, 1 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati - 6ga 6.
Pasayish aniq ko‘rinib turibdi va bu asosan tarkibda charchoq alomatlari bilan bog‘lanyapti. Buni ayniqsa, oxirgi o‘yindagi Reshford, Matich yoki Fernandeshning holatidan payqash qiyin bo‘lmadi.
Rostan ham, Sulsher rotatsiya va almashtirishlarni deyarli amalga oshirmayapti, qatorasiga besh o‘yinni bir xil tarkib bilan boshlagan paytlari bo‘ldi. Ayniqsa, har uch kunda o‘ynaladigan («MYU» 32 kunda 10 marta maydonga tushdi) taqvimda buning ta’siri sezilishi turgan gap edi.
Albatta, bu asosiy sabab, lekin bu kamchiliklarni yaxshigina maskirovka qilish mumkin bo‘lgan yana bir faktorga putur yetganini ham unutmaslik kerak. Lyuk Shouni.
Ushbu chap qanot himoyachisi «Manchester Yunayted»da himoyalanishdan ko‘ra, to‘p nazoratida ulkan ta’sirga ega bo‘lgan murvatlardan biri edi. Aynan Shouning to‘p bilan ishonchli harakatlari evaziga «MYU» to‘pni yaxshi nazorat qilayotgandi. Har o‘yinda Lyuk Shou raqib maydonida amalga oshirilgan paslar bo‘yicha jamoaning uchligiga kirayotgandi.

Yuqorida keltirilgan statistikani aynan Shouning jarohatidan oldingi va keyingi deb ham olish mumkin.
35-tur doirasida «Sauthempton»ga qarshi o‘yinning 75-daqiqasida Shou jarohat oldi. «MYU»ning o‘sha o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqargani dastlabki zarba bo‘lsa, keyingi o‘yinlarda umuman o‘yin kartinasi o‘zgardi.
  • Shou qatnashgan o‘yinlarda «MYU» to‘pni o‘rtacha 65-68 foiz nazorat qilayotgandi. Shousiz keyingi to‘rt o‘yinda to‘p nazorati 55-58 foizlarga tushib ketdi.
  • Uning o‘rniga maydonga tushgan Fosu Mensa ham, Uilyams ham, ishonchni oqlay olishmayapti. Ayniqsa, Matich, Pogba va Fernandesh bilan bog‘lamlarda yaqqol sezilyapti.
  • Shou bilan chap qanotda yaxshi tandem hosil qilgan Markus Reshfordning ham o‘yinlari chiqmayapti.
Albatta, hech qaysi murabbiy o‘z muammolarini bir futbolchining yo‘qligiga bog‘lab, intervyu bermaydi. Lekin menimcha, Lyuk Shouni hammadan ham Sulsher kutayotgan bo‘lishi ehtimol.
Hozirda «Manchester Yunayted» «Lester»ga qarshi hal qiluvchi bahsga tayyorgarlikka kirishgan va Shou ham jarohatidan tiklanib ulgurdi. So‘nggi turda biz ikki hafta oldingi jamoani ko‘rsak ajab emas.
223   
Добавить комментарий
Ваше имя: *