Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Yuventus» safarda «Udineze»ga yutqazib qo‘ydi

A Seriya. «Yuventus» safarda «Udineze»ga yutqazib qo‘ydi

Автор: admin

Italiya chempionatining 35-turida «Yuventus» mehmonda «Udineze» bilan bahs yuritdi. Bu o‘yindagi g‘alaba Turin klubiga chempionlikni taqdim etardi. Ammo mehmonlar kambek qurboni bo‘lishdi. De Ligtning goliga mezbonlardan Nestorovski va Fofana javob berdi. 
Mag‘lubiyatga qaramay «Yuventus»  80 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. «Udineze» esa 39 ochko bilan 15-pog‘onaga ko‘tarildi.
A Seriya, 35-tur
Udineze – Yuventus 2:1
23 iyul, «Friuli»
Gollar: Nestorovski (52), Fofana (90+2) – de Ligt (42).
Udineze: Musso, Zegelar (Larsen, 69), Rodrigo Bekao, Nyuytink, ter Avest (Samir, 78), Fofana, Sema, de Paul, Trost-Ekong, Nestorovski, Okaka Chuka. 
Yuventus: Shesni, de Ligt, Danilo (Kuadrado, 75), Rugani, Aleks Sandro, Bentankur, Rabo, Remzi (Matyuidi, 60), Bernardeski (Duglas Kosta, 60), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Remzi (1), Trost-Ekong (20), Zegelar (68), Kuadrado (83).
220   
Добавить комментарий
Ваше имя: *