Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" yarim himoyasiga "yangi qon" bo'ladimi?!

Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" yarim himoyasiga "yangi qon" bo'ladimi?!

Автор: admin

Ammo, nima uchundir kelishuv amalga oshmay yarim yo'lda qolib ketgandi. Balki, lissabonliklar juda katta summa talab qilishgani halal bergandir o'shanda. Hozir esa kelishuv 50-60 mln funt atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Brunu Fernandesh "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng MYUga o'tadi

Angliyaning mashhur "Daily Mail" nashri portugaliyalikning oxirgi 2 mavsumdagi statistikasi haqida yozib chiqdi. Quyida ana shu materialdan ayrim joylarini etiboringizga havola etamiz.

Brunu Fernandesh o'tgan mavsum boshidan beri De Bryuyne, Pogba va Koutinodan ko'ra ko'proq gol urgan va ko'proq golli pas bergan. U "Manchester Yunayted" yarim himoyasiga "yangi qon" bo'lib kirishi mumkindek.


Brunu qishki transfer oynasida "Qizil iblislar" safiga o'tishga juda yaqin turibdi. 25 yoshli xavbekning oxirgi ikki mavsumdagi ko'rsatkichlari shunchaki daxshatli. Quyida Brunu Fernandesh va Top-5 chempionatlaridagi boshqa hujumkor markaziy yarim himoyachilarning statistikalarini etiboringizga havola etamiz.
Gol urish borasida yuqori daraja, o'tgan mavsum boshidan beri 27ta gol. Bu markaziy yarim himoyachi uchun juda zo'r natija. Top-5 chempionatlaridagi boshqa 10-raqam zonasida to'p tepuvchilar ichida ajoyib ko'rsatkich. Fernandesh "Manchester Siti"ning markazdagi dueti David Silva hamda Kevin de Bryuynelarni qo'shgandagidan ham ko'proq to'p kiritgan.


2018/19 yilgi mavsumdanBrunu FernandeshJeyms MeddisonBernardu SilvaKristian EriksenDavid SilvaFilippe KoutinoKevin de BryuynePol Pogba
O'yinlar4554515048473939
Daqiqalar40324398379135463369287326593266
Gollar2712111081091
Assistlar191011131571611
Zarbalar16513087987710589111
Yaratilgan vaziyatlar1581489588945211168
Paslar25332307236823352733182118422345
Paslar aniqligi (%)76.083.487.280.687.686.382.383.0
Raqib jarima maydonida to'pga teginish14814025878309145142127
Muvaffaqiyatli driblinglar5584731744694862


"Yunayted"da oxirgi vaqtlarda yarim himoyachilarning gol urishi keskin kamayib ketdi. Asosan, Reshford, Marsyal va Grinvud gollarga mualliflik qilishmoqda. Brunu esa bu vaziyatni o'zgartirishi mumkin. SHuningdek, u raqib darvozasi tomon tez-tez zarba berishi bilan ham ajralib turadi. 2018-2019 yilgi mavsum boshidan beri portugal jami 165ta zarba berishga ulgurgan.

Futbolchi mankunianliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishib bo'lgani xabar qilinmoqda. Klublar o'zaro kelishib olishsa bas. Ertaga tunda bo'lib o'tadigan Lissabon derbisi ("Sporting" - "Benfika")dan keyin Brunu MYU safiga o'tishi kutilmoqda. Yozda bitmagan ish qishda bitib ketadimi yoki yo'q, hammasini vaqt ko'rsatadi.
443   
Добавить комментарий
Ваше имя: *