Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Latsio» irodali g‘alabaga erishib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

A Seriya. «Latsio» irodali g‘alabaga erishib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Автор: admin

Italiya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Latsio» o‘z maydonida «Kalyari»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Simeonening goliga rimliklardan Milinkovich-Savich va Immobile javob berdi.
G‘alabadan so‘ng «Latsio» ochkolarini 72taga yetkazib, 5-o‘rindagi «Roma»dan 11 ochkoga o‘zib ketdi va chempionat yakuniga 3 tur qolganida YeCHL yo‘llanmasini kafolatladi.
«Kalyari» esa 42 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.

A Seriya, 35-tur
Latsio – Kalyari 2:1
23 iyul, «Stadio Olimpiko»
Gollar
: Milinkovich-Savich (47), Immobile (60) – Simeone (45).
Latsio: Strakosha, Gabarron, Luis Felipe, Acherbi, Latssari (Marushich, 58), Milinkovich-Savich, Parolo, Luis Alberto (Adekane, 90+1), Xoni Rodriges (Lukaku, 58), Immobile (Kataldi, 90+1), Kaysedo (Korrea, 65). 
Kalyari: Krano, Valyukevich, Klavan, Likoyannis (Pizakane, 84), Farago, Nandes, Ionitse (Galyano, 84), Rog (Birsa, 66), Mattello (Ragatsu, 71), Simeone, Joao Pedro.
Ogohlantirishlar: Xoni Rodriges (45+1), Latssari (50), Klavan (87), Parolo (90).
205   
Добавить комментарий
Ваше имя: *