Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» APL chempionligini nishonlayotganda jamoa futbolchisining uyiga o‘g‘ri tushdi

«Liverpul» APL chempionligini nishonlayotganda jamoa futbolchisining uyiga o‘g‘ri tushdi

Автор: admin

«Liverpul» yarimhimoyachisi Fabinoning uyiga o‘g‘ri tushdi, deb yozadi Liverpool Echo.
Manbaga ko‘ra, voqea braziliyalik futbolchi «Chelsi»ga (5:3) qarshi o‘yindan so‘ng jamoasi bilan APL g‘olibligini nishonlayotgan paytda sodir bo‘lgan. 
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta zargarlik buyumlari va Audi RS6 ham o‘g‘irlangan. Mashina keyinchalik Uigandagi ko‘chalardan biridan topilgan. 
Bungacha «Liverpul»dan Sadio Mane, Deyan Lovren, Roberto Firmino, Pepe Reyna, Daniel Agger va Yeji Dudek ham o‘g‘rilik qurboniga aylanishgan.
169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *