Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “CHelsi” Ximenesga qiziqish bildirmoqda.

“CHelsi” Ximenesga qiziqish bildirmoqda.

Автор: admin

“CHelsi” rahbariyati jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.
Londonliklar himoya chizig'iga “Atletiko” himoyachisi Xose Ximenesni olib kelish niyatida. Urugvaylik futbolchining shartnomasida ko'tarma puli 109 million etib belgilangan. “CHelsi” rahbariyati albatta bu summani to'lash niyatida emas. “Aristokratlar” madridliklar bilan yaxshi aloqada va shu bois ular bu summani pasaytirish ilinjida.
Himoya chizig'iga taklif etilayotgan yana bir futbolchi “Vest Xem” himoyachisi Deklan Rays. Uning narxi 80 million funt atrofida baholanmoqda. Ximenes va Raysdan tashqari “CHelsi”“Bornmut” vakili Akega ham qiziqish bildirgan.
Ayni paytda “CHelsi”da to'rtta markaziy himoyachi  - Antonio Ryudiger, Kurt Zuma, Andreas Kristensen va Fikayo Tomori to'p tepmoqda.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *