Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » “Yuventus” so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

“Yuventus” so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Автор: admin

“Yuventus” A Seriya 35-turida “Udineze”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).
42-daqiqada oldinga o‘tib olgan turinliklar 52 va 92-daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida “Yuventus” hisobda oldinda borayotgan o‘yinlari yakunida 18 ochko yo‘qotdi. Bu klub uchun so‘nggi 9 yildagi eng yomon natija hisoblanadi.
Shuningdek, “keksa sinyora” A Seriyada 2014-yilning 29-oktabridan beri qo‘shimcha vaqtlardagi gol tufayli yutqazmayotgan edi. O‘shanda Turin shahri klubi 94-daqiqadagi gol evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi jamoa so‘nggi 5 o‘yinning bor-yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozondi. Qolganlarida ikkita durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etilgan.
Jamoa keyingi uch turning birortasida g‘alaba qozonadigan bo‘lsa chempionga aylanadi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *