Goal24.uz » Yevropa jamoalari » “Inter” va MYU futbolchi almashtirishi mumkin

“Inter” va MYU futbolchi almashtirishi mumkin

Автор: admin

Gap Sanches va Perishich haqida.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” hamda “Inter” futbolchi almashtirish borasida muzokara olib bormoqda. Milanliklar MYUdan ijaraga olingan Aleksis Sanchesni klubda olib qolish niyatida. Ammo klub uni sotib olish imkoniyatiga ega emas. SHu boisdan “Inter” Sanchesni ayni damda “Bavariya”ga ijaraga berilgan Ivan Perishichga almashtirish niyatida. “Qizil iblislar” bir necha yil oldin Ivan Perishichga jiddiy qiziqish bildirgandi. Malum bo'lishicha, Ivanning xizmatlariga “Everton”dan ham jiddiy qiziqish bor.
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *