Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ouen: «Meni hayratga solish qiyin, lekin Klopp buni uddaladi»

Ouen: «Meni hayratga solish qiyin, lekin Klopp buni uddaladi»

Автор: admin

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen «qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida gapirdi.
«Meni hayratga solish qiyin. Lekin Klopp har safar og‘zini ochganda, uni tinglashni to‘xtata olmayman. Menimcha, u qoyilmaqom.
Klub, shahar – hamma uni qabul qildi. Klopp «Liverpul»ga hozir va kelajakda kerak. Klub ayni paytda mukammallikka intilmoqda. Yagona savol shuki, bu qachongacha davom etadi? «Liverpul» yana qancha sovrinlarni yuta oladi? Ammo Klopp maqtovga loyiq.
Futbolda qilingan ishlar hajmini sezmaysiz. Hatto Klopp buni anglash uchun 2-3 soat vaqt kerakligini aytdi. Ishonchim komilki, qisqa ta’tildan keyin u chempionlikni qanday qilib himoya qilish mumkinligi haqida o‘ylaydi», – deb Ouenning so‘zlarini keltiradi Goal.
170   
Добавить комментарий
Ваше имя: *