Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» 12 futbolchini sotuvga qo‘ymoqchi. Ular orasida Koutino, Dembele va Breytueyt ham bor

«Barselona» 12 futbolchini sotuvga qo‘ymoqchi. Ular orasida Koutino, Dembele va Breytueyt ham bor

Автор: admin

«Barselona» klubi yozgi transfer oynasida tarkib borasida katta o‘zgarishlarga qo‘l urishga tayyorlanmoqda, deya xabar bermoqda Marca. 
Nashrning yozishicha, Kataloniya klubi 12 nafar futbolchisini sotishga tayyor. Xususan, hozirgi tarkibdan Neto, Nelson Semedu, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Ivan Rakitich, Arturo Vidal, Usmon Dembele va Martin Breytueytlar klub xayrlashishga tayyor bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan.
Shuningdek, «Barselona» rahbariyati ijaradan qaytgan Karles Alenya, Rafinya, Jan-Kler Todibo va Filippe Koutino singari futbolchilarni ham transferga qo‘ymoqchi.
Oldinroq, kataloniyaliklar Koutinoni Angliya klublariga taklif qilgani haqida xabar qilingan edi.
177   
Добавить комментарий
Ваше имя: *