Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jurnalistlar APLning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Jurnalistlar APLning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Автор: admin

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jordan Henderson futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi tomonidan Angliya Premer-Ligasi 2019/20 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Qizillar» sardori so‘rovnoma yakuniga ko‘ra «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne, «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford, jamoadoshlari, darvozabon Alison Bekker, himoyachilar Virjil van Deyk va Trent Aleksander-Arnold, hujumchi Sadio Maneni ortda qoldirdi. Jordanga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 25 foizidan ortig‘i ovoz berishdi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritdi. 30 yoshli Henderson 30ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 5ta golga hammualliflik qildi.
216   
Добавить комментарий
Ваше имя: *