Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Rahim Sterling Adidas bilan rekord qiymatdagi shartnoma tuzadi. Kompaniya uning “Real”ga o‘tishini istamoqda

Rahim Sterling Adidas bilan rekord qiymatdagi shartnoma tuzadi. Kompaniya uning “Real”ga o‘tishini istamoqda

Автор: admin

“Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling Adidas kompaniyasi bilan rekord miqdordagi shartnoma imzolaydi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi agar zarur shartlarni bajarsa, nemis kompaniyasidan bir mavsum uchun 10 million funt sterlingdan ko‘proq pul oladi. Bu britaniyalik futbolchilar uchun rekord miqdordagi shartnoma hisoblanadi.
Qayd etish joiz, Sterlingning Nike kompaniyasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 31-iyul kuni yakunlanadi.
Taxminlarga ko‘ra, Adidas yarim himoyachini “Real” safida ko‘rishni xohlamoqda. Ma’lumki, Madrid klubi uzoq yillardan beri Adidas liboslaridan foydalanadi.
Avvalroq Sterlingning Air Jordan bilan tuzilgan shartnomadan 100 million funt sterling ishlab topishi, vinger esa ushbu brend butsalaridan foydalanishi haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, futbolchi Puma bilan 100 million funtlik kelishuvga yaqin turgani va Nike unga yana yiliga 10 million funtlik shartnoma taklif qilishi mumkinligi aytildi.
Sterling ushbu mavsumda Angliya chempionati bahslarida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi.
175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *