Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda mavsumning eng yomon darvozaboni aniqlandi

APLda mavsumning eng yomon darvozaboni aniqlandi

Автор: admin

“Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga Angliya Premyer Ligasida mavsumning eng yomon darvozaboni deb topildi.

Opta hisoblariga ko‘ra, ispaniyalik darvozabon Premyer Liga joriy mavsumida 11 ta (10,6) ortiqcha gol o‘tkazib yuborgan.
Raqiblar Kepa darvozasi tomon 97 marta zarba bergan, bunday sharoitda “odatiy” posbon 32,4 gol o‘tkazgan bo‘lardi, Kepa esa 43 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.
Ushbu ko‘rsatkich Angliya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida maydonga tushgan barcha darvozabonlar orasida eng yomoni bo‘ldi.
“Chelsi” Kepani 2018-yilning yozida 80 million yevro evaziga sotib olgan. Joriy mavsumda u APL doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta “quruq” o‘yin o‘tkazdi.
Musobaqa tugashiga 1 tur qolganida, “Chelsi” 63 ochko to‘plagan holda “Manchester Yunayted” bilan 3 va 4-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Jamoa Premyer Liganing so‘nggi turida 26-iyul kuni o‘z maydonida “Vulverhempton”ni qabul qiladi.
176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *