Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» futbolchisi A Seriyaning qolgan o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi

«Yuventus» futbolchisi A Seriyaning qolgan o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi

Автор: admin

«Yuventus» hujumkor yarimhimoyachisi Duglas Kosta Turin klubining A Seriya doirasidagi qolgan uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi. 
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, braziliyalik vinger tizzasidan jarohat olgan. Tiklanish uchun esa kamida ikki hafta muddat talab etiladi. Shu bois 29 yoshli futbolchi Italiya chempionatining qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi aniq. Shuningdek, Kostaning Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsi doirasidagi «Lion»ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi ham so‘roq ostida. 
Ma’lumot  uchun, Duglas Kosta joriy mavsumda «keksa sinoralar» safida 29 o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *