Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messining otasi Milan shahrida uy sotib oldi

Messining otasi Milan shahrida uy sotib oldi

Автор: admin

«Barselona» sardori Lionel Messining otasi Xorxe Messi Milan shahridan uy sotib oldi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar tarqatdi.

Porta Nuova tumanidan xarid qilingan uyga Xorxe avgust oyi boshida ko‘chib o‘tmoqchi. Messilar oilasi soliq nuqtai nazaridan manfaatli bo‘lgani uchun Milandan ko‘chmas mulk xarid qilishdi. Avvalroq bunday ishga «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qo‘l urgan edi.

Avvalroq «Inter»ning titul homiysi hisoblangan "Pirelli"  kompaniyasi "neradzurri"ga Messining transferini amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekani haqida xabar tarqalgan edi. Joze Mourinyoning «Inter»dagi sobiq yordamchisi Joze Moraish ham argentinalik futbolchi faoliyatini «Inter»da davom ettirishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

32 yoshli Messining «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakuniga yetadi.
Manba: championat.com
165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *