Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Aguero "Real"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladimi?

Aguero "Real"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladimi?

Автор: admin

Murabbiy javob berdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Serxio Aguero EChL 1/8 final "Real"ga qarshi bo‘ladigan javob uchrashuvida maydonga tushishini ta’kidlab o‘tdi.
32 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi, ayni damda argentinalik mashg‘ulotlar zalida tiklanish ishlarini davom ettirmoqda.
"Real"ga qarshi o‘yingacha jarohatlanganlar bo‘lmaydi. Mendida diskvalifikatsiya bor, biroq mashg‘ulotlar vaqtida kimdir jarohat olmasa, bizda hammasi joyida bo‘ladi", - deydi murabbiy.
"Man Siti" va "Real" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 7-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
178   
Добавить комментарий
Ваше имя: *