Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Yevropaning top-4 chempionatlari ramziy jamoasi tuzildi

Yevropaning top-4 chempionatlari ramziy jamoasi tuzildi

Автор: admin

"FootballHD" veb-sayti Yevropaning kuchli 4ta milliy chempionati — Ispaniya La ligasi, Angliya premyer-ligasi, Italiya A seriyasi va Germaniya bundesligasining yakunlari bo‘yicha yaxlit ramziy jamoa tuzib chiqdi. Fransiya chempionati muddatidan avval yakunlangani uchun Liga-1 futbolchilari ushbu jamoaga kiritilmadi.

Ramziy jamoadan "Liverpul"dan 4 nafar, "Bavariya"dan esa 3 nafar o‘yinchi kiritildi. Mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan Serxio Ramos ("Real") ramziy jamoadan o‘rin olmadi, uning o‘rniga Rafae Varan tarkibga kiritildi.

Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga ham ushbu jamoadan joy tegmadi.
Yevropaning top-4 chempionatlari 2019/2020 mavsumi ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Alisson Bekker («Liverpul»)

Himoyachilar (o‘ngdan chapga): Yozua Kimmix («Bavariya»), Virjil Van Deyk («Liverpul»), Rafael Varan («Real» Madrid), Endryu Robertson («Liverpul»)

Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson («Liverpul»), Kevin De Breyne («Manchester Siti»), Luis Alberto («Lasio»), Tomas Myuller («Bavariya»)

Hujumchilar: Yosip Ilichich («Atalanta»), Robert Levandovski («Bavariya»)
Manba: footballhd.ru
236   
Добавить комментарий
Ваше имя: *