Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Yurgen Klopp “Liverpul”ni manmanlikda ayblagan Lempard haqida: “Frenk o‘yindan keyin bunday gapirish kerak emasligini bilib qo‘yishi kerak”

Yurgen Klopp “Liverpul”ni manmanlikda ayblagan Lempard haqida: “Frenk o‘yindan keyin bunday gapirish kerak emasligini bilib qo‘yishi kerak”

Автор: admin

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Chelsi” ustozi Frenk Lempardning gaplariga javob qaytardi. Avvalroq angliyalik mutaxassis “Liverpul”ni manmanlikda ayblagandi.
“Siz menga va jamoamga bunday ayblov qo‘ya olmaysiz, chunki biz manman emasmiz. Frenk raqobatchiga xos kayfiyatda edi va men buni juda hurmat qilaman. Menimcha bunday vaziyatda nima xohlasang o‘shani gapirishing mumkin. O‘yindan keyin esa men uchun hammasi tugaydi.
Men avvallari ko‘p gaplar gapirganman, ular faqat emotsiya sabab edi. Lempard bu yerga o‘yinni yutish yoki ochko ishlash uchun kelgandi va buni juda hurmat qilaman. Biroq u bir narsani uqib olishi kerak, hakamning final hushtagi chalinishi bilan hammasi tugaydi. U esa buni eplay olmadi.
O‘yindan keyin bunday gapirish kerak emas, Frenk buni anglab olishi kerak. U yosh, buni o‘rganib olish uchun vaqti yetarli. Biroq u bir narsani tushunib olishi kerak. O‘yin vaqtidagi ehtirosli gaplar muammo emas, biroq uchrashuvdan keyingisi... Yo‘q.
Biz manman emasmiz, qaytanga buning aksimiz. Uchrashuvdan keyin mavzuni yopish kerak edi. Ammo Frenk unday qilmadi va bu menga yoqmadi”, — deydi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul”ning ikkinchi gol oldidan Mateo Kovachich jarima maydoni yaqinida Sadio Manega nisbatan qo‘pollik ishlatdi deb baholandi. Shundan keyin har ikki jamoa murabbiylari o‘rtasida tortishuvli holat yuz berdi. Belgilangan jarima zarbasini Trent golga aylantirdi.
195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *