Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe jiddiy jarohat oldi. U YeCHL chorakfinalini o‘tkazib yuborishi mumkin

Mbappe jiddiy jarohat oldi. U YeCHL chorakfinalini o‘tkazib yuborishi mumkin

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Kubogi finalida jiddiy jarohat oldi. «Sent-Eten»ga qarshi final o‘yinining 27-daqiqasida Loik Perren Mbappeni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Bu vaziyatni VAR orqali ko‘rgan hakam Perrenni maydondan chetlashtirdi.
Mbappening oyog‘i qayrilib ketdi va ortiq o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rnini Pablo Sarabiya egalladi. «PSJ» Fransiya kubogi finalida Neymarning kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, «PSJ» Chempionlar Ligasi chorakfinalida 13 avgust kuni «Atalanta»ga qarshi o‘ynaydi. Mbappe katta ehtimol bilan bu o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. YeCHLning chorakfinaldan boshlab barcha o‘yinlari bitta shaharda o‘tkaziladi va pley-offlar bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *