Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola «Real»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

Gvardiola «Real»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

Автор: admin

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi bahsga 2 hafta vaqt qolganida jamoa tarkibidan qoniqish hosil qilmoqda.

"O‘ylashimcha, "Real"ga qarshi o‘yinda barchasi joyida bo‘ladi. Mendi diskvalifikasiya qilingan, lekin qolgan o‘yinchilar yaxshi formada bo‘ladi. Mashg‘ulotda qandaydir fojia ro‘y bermasa, barcha yaxshi yuqori formada bo‘ladi. Men barcha futbolchilarning xizmatidan foydalanishim mumkin.

"Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga to‘g‘ri tayyorlanishimiz kerak. "Norvich"ga qarshi bahs hamda keyingi haftadagi mashg‘ulot "Madrid"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Har bir o‘yin qaysi futbolchining qanday tayyorgarlikka ega ekanini ko‘rib olish uchun imkoniyat", – dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Real" o‘yini 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Madridda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Manba: football24.ua
171   
Добавить комментарий
Ваше имя: *