Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. YECHL uchun kurashda kimda qanday imkoniyat?

APL. YECHL uchun kurashda kimda qanday imkoniyat?

Автор: admin

Angliya chempionati yakuniga ham bitta tur qoldi. Hozircha Chempionlar ligasining keyingi mavsumi uchun "Liverpul" va "Manchester Siti" o‘ziga joy kafolatladi. So‘nggi turda yana 2ta jamoa nomi aniq bo‘ladi. 2 o‘rin uchun 3 jamoa: "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Lester Siti"lar kurash olib boradi.

"Chelsi"   uchun "Vulverhemton"ga qarshi o‘yinda yutqazmaslikning o‘zi yetarli. Durang yoki g‘alaba "ko‘klar"ga keyingi mavsum YECHLda ishtirok etish huquqini kafolatlaydi. Frenk shogirdlari APL doirasida "Stemford Bridj"da qatorasiga 5ta o‘yinda buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Agar "Chelsi" o‘z maydonida "Vulvz"ga imkoniyatni boy bersa, "Manchester Yunayted"ning g‘alabasigina "arristokratlar"ni kuchli to‘rtlikda olib qoladi. 
"Manchester Yunayted"  "Lester"ga qarshi o‘yinda ochko ololsagina, kuchli to‘rtlikda qoladi.  Agar "MYU" yutqazsa, unda "Chelsi" – YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Biroq "Chelsi" "Vulverxemton"ni yengsa, "Lester" –  YELCHsiz qoladi. 
"Lester Siti"  YECHLga yo‘llanmani qo‘lga kiritishni xohlasa, "MYU"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishi kerak. Rodjers jamoasida yana bir imkoniyat bor. Agar "Chelsi" "Vulverxemton"ga mag‘lub bo‘lsa, "tulkilar" "qizil iblislar" bilan durang o‘ynagan taqdirda ham kuchli to‘rtlikda qoladi. "Lester" shunday taqdirda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar evaziga "arristokratlar"ni ortda qoldiradi. Har qanday sharoitda ham "tulkilar"ni mag‘lubiyat qoniqtirmaydi.
167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *