Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe Fransiya prezidenti Makronga jarohati haqida ma’lumot berdi

Mbappe Fransiya prezidenti Makronga jarohati haqida ma’lumot berdi

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Sent-Eten»ga (1:0) qarshi o‘tgan Fransiya Kubogi finalidan so‘ng mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bilan gaplashdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 27-daqiqasida raqib himoyachisi Loik Perren Mbappega qo‘pollik ishlatgan va buning natijasida 21 yoshli vinger jarohat olib maydonni tark etgandi.

RMC Sport'ning yozishicha, Mbappe sovrinni qabul qilish marosimida Makron bilan suhbatlashganlardan biri bo‘ldi.
– Ahvoling qanday? – deb so‘radi prezident.
– Hali ham og‘riyapti.
– Sinish bormi?
– Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman.
– Shifoxonaga borasanmi?
– Ha, taqdirlash marosimidan so‘ng darhol», – deydi Mbappe.
237   
Добавить комментарий
Ваше имя: *