Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «O‘zimni maydondagi eng baxtli yigit deb his qilardim» – Lallana «Liverpul» bilan xayrlashdi

«O‘zimni maydondagi eng baxtli yigit deb his qilardim» – Lallana «Liverpul» bilan xayrlashdi

Автор: admin

«Liverpul» bilan shartnomasi yakunlangan yarimhimoyachi Adam Lallana klub bilan xayrlashdi.
«So‘nggi 6 yil ichida sevgi va minnatdorlikdan boshqa narsa bo‘lmadi. O‘zimni uyimdagidek his qilishimga yordam bergan insonlarga, meni qabul qilgan muxlislarga rahmat. Jahon darajasidagi xodimlarsiz bunday yutuqlarga erisha olmasdik.
Shunday ajoyib klub sharafini himoya qilishga imkoniyat taqdim etgani uchun Brendan Rojersdan minnatdorman. Yurgen Klopp futbol murabbiyidan ko‘ra yaxshiroq. Jamoadoshlarimga ham rahmat. Men o‘zimni maydondagi eng baxtli yigit deb his qilardim. 

Jordan Henderson – mening eng zo‘r do‘stim. Hech kim bu yigitdan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga loyiq emas. Oilam – xotinim, bolalarim, otam, onam, singlim yaxshi-yomon kunlarimda yonimda turib, sabrli bo‘lishdi. 
O‘ziga xos klubning bir qismi bo‘lganimdan minnatdorman. Navbat yangi sarguzashtlarga», – deb yozadi Lallana «instagram»dagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Adam Lallana «Liverpul»ga 2014 yil yozida 31 mln yevro evaziga «Sauthempton»dan o‘tgan.
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *