Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» transferlar uchun 180 mln yevro sarflaydi, klubni 10dan ortiq futbolchi tark etadi

«Real» transferlar uchun 180 mln yevro sarflaydi, klubni 10dan ortiq futbolchi tark etadi

Автор: admin

«Real» yozgi transferlar oynasidagi xaridlar uchun 180 mln yevro sarflashni rejalashtirgan. «Qaymoqranglilar» koronavirus pandemiyasi davridagi moliyaviy inqiroz tufayli yirik transferlarga qo‘l urishmaydi, deb yozadi Marca.
Ispaniyaning amaldagi chempioni 10dan ortiq o‘yinchi bilan xayrlashishni maqsad qilgan. Yarimhimoyachilar Xames Rodriges va Garet Beyl transferga qo‘yiladi. Shuningdek, jamoani tark etishi mumkin bo‘lganlar qatorida Oskar Rodriges, Dani Sebalos, Xesus Valexo, Mariano Dias, Braim Dias, Andrey Lunin, Serxio Regilon, Martin Edegor, Lukas Vaskes, Nacho Fernandes, Daniel Gomes va Xorxe de Frutos ham bor.
«Real» o‘tgan yozda «Ayntraxt»dan 60 mln yevroga sotib olingan hujumchi Luka Yovich bilan xayrlashmoqchi emas. 22 yoshli serb kelasi mavsumni ijarada o‘tkazishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Real»ni hozircha Ashraf Hakimi («Inter») va Xavi Sanches («Valyadolid») tark etdi. «Qirollik klubi» bu ikki transferdan 43,5 mln yevro ishlab oldi.
220   
Добавить комментарий
Ваше имя: *