Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Tottenhem»ning sobiq sardori Mourinoning murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

«Tottenhem»ning sobiq sardori Mourinoning murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

Автор: admin

«Tottenhem»ning sobiq sardori Ledli King jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning murabbiylar shtabiga qo‘shilishi mumkin. Hozir bu borada muzokaralar davom etmoqda, deb yozadi The Telegraph.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassisning yordamchisi Rikardu Formozinyu klubni tark etgandi. 
King aynan Formozinyuning vazifasini bajarmaydi. Muayyan majburiyatlar hali muhokama qilinmagan. Sobiq himoyachi «Tottenhem»ga bo‘lajak raqiblarga qarshi bahslarga tayyorlanishda yordam berishi mumkin. 
King butun faoliyatini «shporlar» safida o‘tkazgan. U 2012 yildan klub elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *