Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Oblak uchun kurashda "Chelsi"ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

Oblak uchun kurashda "Chelsi"ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

Автор: admin

Londonning "Chelsi" klubi "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Avvalroq, londonliklar posbon uchun yaxshigina narx to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. 
Britaniya matbuotining xabariga ko‘ra, Oblak uchun kurashga "Manchester Yunayted" ham qo‘shildi. Mankunianliklar so‘nggi o‘yinlarda De Xeaning ishonchsiz o‘yini tufayli uning o‘rniga o‘rinbosar izlashni boshlab yubordi. 
Eslatib o‘tamiz, Oblak bu mavsum La Ligada 38ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. 
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *