Goal24.uz » Jahon » Xavi koronavirusga chalindi

Xavi koronavirusga chalindi

Автор: admin

«Barselona» sobiq sardori, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi hisoblangan Xavi koronavirusga chalindi.
«Hozir jamoaga qo‘shila olmayman. O‘rnimni David Prats egallab turadi.
Bir necha kun oldin koronavirusga topshirgan testim ijobiy  natija ko‘rsatdi. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Ammo virusdan xalos bo‘lmagunimcha o‘zimni izolyatsiya qilishimga to‘g‘ri keladi. Ruxsat berishlari bilan vazifamga xursandchilik bilan qaytaman», – deb Xavining so‘zlarini keltiradi Qatar klubi rasmiy sayti.
25 iyul kuni, ya’ni bugun «As-Sadd» Qatar chempionati restartida «Al-Xor»ga qarshi bahs yuritadi.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *